Biz haqimizda

Bizning firma haqida

  • Korxona
  • Texnologiya
  • Mahsulotlarimiz
Korxona

«Active Chorkesar Light» MCHJ korxonasi O’zbekiston hududidagi eng muvaffaqiyatli parrandachilik xo'jaliklaridan biri hissoblanadi.

Namangan viloyatidagi o'nta eng yirik parrandachilik xo'jaliklariga kiritilgan hamda Namangan viloyatida-yilda eng yirik go'sht ishlab chiqaruvchi parrandachilik fabrikalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda fabrikada 100 dan ortiq ishchi xizmatchilar ishlab kelmoqda.

Texnologiya

Active Chorkesar Light MCHJ da iso 9001 davlat standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beruvchi zarur texnologik va muhandislik infratuzilmasiga ega bo'lib, ayni paytda ishlab chiqarish tarkibiy bo'linmalari yagona murakkab, broyler go’shti ishlab chiqarish, qayta ishlash uchun inkubatsion tuxumlar ham o’zimizning Gollandiya davlatidan keltirilgan ona tovuqlardan olinadi. Hozirda inkubatorning bir oyda 500 ming dona tuxum qo’yish quvatiga ega bo’lib zamonaviy dasturiy ta'minot va 24 soatlik biologik nazorat tufayli ta'minlanadi. Inkubator sexida jo'jalar ochirilib o'zimizga hamda boshqa fabrikalarga yetkazib beriladi.

Maxsulotlarimiz

Korxona tovuqning go'shtdor zotlari ROSS-308 hamda Cobb 500 FF zotlari bilan faoliyat olib bormoqda va o'z faoliyatini yanada kengaytirmoqni maqsad qilgan. Bu zotlar 4-5 kunda tez don-suvga o’rganib, yuqori ko'rsatkichlar beradi.

Ozuqa va suv normasiga ahamiyat bergan holda 7 kundan boshlab tirik vaznini hisoblab borishga ahamiyat berish kerak. Jo'jalar tez katta bo'lishida issiqlik va to'yimli ozuqa talab qilinadi. 21-kundan boshlab jo'jalarni o’sishi va semirishi boshlanadi. Har yili parranda go'shti ishlab chiqarish 300 tonnani tashkil etadi.

Broyler joja

faqat bizlarda
sotib olish

Tovuq go'shti

Arzon va sifatli
buyurtma berish

Bizning mahsulotlar


Talab va taklif

Yumshoq jo'ja go'shti parxezbop, foydali va arzon bo'lganligi uchun oddiy xalq suyib istimol qiladi. Hozirda butun jo'ja go'shtini grill holatda pishirib sotish ommalashgan. Meyoriga yetkazib pishirilgan grillar har qanday nozik tab xo'randa va mexmonlarni ko'nglini ola oladi. To'y va bayram dasturxonlarini hozirda jo'ja go'shtisiz tasavvur qila olmaymiz.

Tarmoqning mavjud saloxiyati

Tarmoqning mavjud saloxiyati bir oyda 20 tonna jo’ja go’shti ishlab chikarish quvvatiga ega. Raqobatchi korxonalar: Qo'qumboy naslchilik parranda, Uychi parranda va Bog'dod parranda hissoblanadi. Bu fabrikalar bizning fabrikamidan kamida 75 km uzoklikda joylashgan va bu oraliqdagi bozorlar deyarli bizning fabrikamiz tomonidan mafx etilgan. ISO 9001 xalqaro tizimning viloyatimizda birinchilardan bo'lib joriy etilgani buning yorqin dalilidir.

Tarmoqning milliy iqtisodiyotdagi ro'li

Inson organizmi uchun go’sht, sut, un, shakar va yog' eng kerakli oziq-ovqat maxsulotlari xhsoblanadi. Parranda go’shti esa yaqin besh yil ichida har bir xonadon suyib istemol qiladigan taomiga aylandi. Undan turli tuman ovqatlar, salatlar tayyorlash imkoniyati juda ko'p. Shuning uchun ham hozirgi paytda tovuq go'shtiga bo'lgan talablar juda yuqori va axamiyatli soha hissoblanadi.